[Boshlovchiga: zalda sukunat soʻrash oddiy gap orasida aytilishi kerak, shundan soʻng ikki soniya tanaffus qilib, sukunatni kutish lozim.] Men zalda mutlaq sukunat soʻrayman. Shunday qilib, savol. 1952-yilda yaratilgan ushbu asar muallifidan bu epataj (hayratda qoldirish) emasmi deb soʻrashganda, u javoban 1915-yilda yaratilgan butunlay boshqa sanʼat asari epataj emasmidi deb soʻragan. Birinchi tilga olingan asar muallifining familiyasini ayting. Vaqt!