1950 yillarda ishlab chiqaruvchilar tortlar uchun kukunsimon qorishmalar savdosi tushib ketayotganini sezishgan. Aslida bu qorishmalardan tort tayyorlash juda oson boʻlib, uy bekalari kukunga bor yoʻgʻi kerakli miqdorda suv qoʻshishlari kifoya edi. Ammo, shunga qaramay savdolar tusha boshlagach, ishlab chiqaruvchilar qorishmadan tuxum kukunini chiqarib tashlashgan. Endilikda tort tayyorlash uchun ham suv, ham tuxum qoʻshish kerak edi. Shundan keyin savdolar yana oshib keta boshlagan. Bir maqolada bu holat X effektiga misol boʻlishi aytiladi. Diqqat savol: X ni brend nomi bilan yozib bering.