1950-yillarda Ipsilanti psixiatriya shifoxonasi oʻzini Iso paygʻambar deb hisoblaydigan 3 nafar shizofreniya bilan kasallangan bemor ustida tajriba oʻtkazib, ularni bir xonaga joylashtiradi. Ularning fikricha, ushbu tajribadan soʻng bemorlarning oʻzlari haqidagi fikrlari oʻzgarishi kerak edi. Tajriba davomida ikki bemor Iso ekanligini da’vo qiladi, uchinchisi esa “Ikki kishi Iso paygʻambar boʻlishi mumkin emas” deb boshini chayqaydi. Xoʻsh, tajriba yakunida bemorlardan boshqalar haqida nima deb oʻylashlari soʻralganda, ular qanday javob berishgan?