1949-yil. Mamlakat rus adabiyotining koʻplab vakillaridan birining yubileyini nishonlamoqda. Katta teatrda tantanali majlis. Konstantin Simonov adibning hayoti va ijodi haqida maʼruza qilmoqda. Maʼruza radioda translyatsiya qilinmoqda, keng xalq ommasi tadbirga unchalik qiziqish bildirmayapti. Biroq SSSR respublikalaridan birida juda koʻp odamlar diqqati radiopriyomniklarga qaratilgan. Simonov maʼruzani davom ettirib, yubilyarning mashhur sheʼridan iqtibos keltirmoqda, odamlar esa hayajon bilan bir satrni kutishmoqda — aytadimi yoki yoʻqmi. Simonov u satrni aytmaydi va hafsalasi pir boʻlgan odamlar oʻz ishlariga qaytadilar. Odamlar qaysi satr aytilishini intizorlik bilan kutishgan edi?