1949/50-yillardagi Ispaniya primerasida yetakchilar tez-tez bir-birlarini tor-mor qilishgan: "Atletiko" — "Deportivo", "Valensiya" — "Atletiko", Bilbaoning "Atletik"i — "Real", "Real" — "Barselona" va yana bir qancha oʻyinlar xokkey hisobi deyish ham qiyin boʻlgan yirik hisoblar bilan yakunlangan. Tarixda u chempionat norasmiy nom olgan. Biz sizdan u qanday nom ekanligini soʻramaymiz. 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida oʻynagan Ispaniya terma jamoasi oʻyinchilaridan birining mashhur jiyanini ayting.