1947-yilda sovet konstruktorlari Amerika B-29 samolyotining toʻliq nusxasi boʻlgan TU-4 ogʻir bombardimonchi samolyotini qurishga muvaffaq boʻlishdi, chunki oʻljaga olingan namunalar bor edi. Stalinning shaxsiy buyrugʻi bilan biror narsani yaxshilash yoki tuzatish qatʼiyan man etilgan edi. Hazillashib aytishganidek, "dyuymlarni millimetrlarga oʻtkazish" muvaffaqiyatli yakunlandi. Uchuvchilar kabinasida sovet samolyotlari uchun mutlaqo kerak boʻlmagan qanday moslamaning mavjudligi TU-4 samolyoti nusxa koʻchirilganini isbotlar edi?