1946-yilda kimyogar olim Bernard Vonnegut kumush yodidning suv kristallanishiga taʼsirini aniqlaydi va kumush yodidni bulutlarga sepilsa BU ISH sodir boʻlishini aytib oʻtadi. Tarixi Nuh paygʻambar bilan bogʻlanuvchi Yada toshi ham BU ISHni qilish xususiyatiga ega edi. Savol: BU ISH soʻzlari bilan almashgan bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzni yozib bering.