Birinchisi — rus yozuvchisi, Kiyev universitetining fizika-matematika va yuridik fakultetlarini tamomlagan. Mohir kimyogar boʻlgan, ushbu sohadagi ishlari bilan tanilgan. Ikkinchisiga Nobel va Lenin mukofotlaridan tashqari uchta SSSR Davlat mukofoti berilgan, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. 1946-yilda SSSR Fanlar akademiyasiga saylangan. Ikkalasidan birining familiyasini topib, birinchisi ijod qilgan taxallusni yozing.