Bilasizki, Avstraliya — Xorvatiya oʻyinida xorvatiyalik Yosip Shimunich unga ikkita sariq kartochka koʻrsatilgan boʻlsa-da, maydonda oʻynashda davom etgan. Biroq, bundan ham qiziqroq holat bor. 1945-yilda boʻlib oʻtgan bir oʻyinda qoʻpol oʻyini uchun chetlatilgan ingliz futbolchisi maydonga qaytib, oʻyinni davom ettirgan. Inglizlar qaysi jamoaga qarshi oʻynashayotgan edi?