Urushdan biroz avval SSSRda I.V. Stalinni uchta bola — ikki oʻgʻil va bir qiz bilan tasvirlaydigan chinnidan yasalgan haykalcha chiqarilgan edi. 1943-yil qishida, urush qizgʻin pallada, butun tiraj savdodan qaytib olindi, kompozitsiyadan qiz bolaning shakli olib tashlandi va shundan soʻng haykalcha yana ishlab chiqarila boshlandi. Urushdan keyin bu tiraj ham qaytarib olindi va haykalga yana oʻzgartirish kiritildi. Bu safar shakllar soni oʻzgarmadi va ushbu variant yakuniy boʻlib qoldi. Yakuniy variantda kimlar qolganini sanab bering.