1943-yilda taʼsis etilgan oliy harbiy "Gʻalaba" (Pobeda) ordenining tasmasi boshqa oltita sovet ordenining ranglarini oʻzida mujassam etgan. Tasmaning chetlarida "Shon-sharaf" (Slava) ordeni ranglari joylashgan. Keyin Bogdan Xmelnitskiy, Aleksandr Nevskiy, Kutuzov va Suvorov ordenlari ranglari keladi. Ushbu orden tasmasining qizil oʻrtasi esa... Qaysi ordenning rangi hisoblanadi?