U yoki bu arbob xotirasiga taʼsis etilgan orden va medallarda odatda uning portreti zarb qilinadi. Mendeleyev nomidagi medalda — Mendeleyev portreti. Admiral Naximov ordenida — Naximov portreti. Pushkin xotira medalida — Pushkin portreti. 1942-yilda buyuk vatandoshimiz xotirasiga jangovar orden taʼsis etildi. Ushbu ordenda boshqa bir kishining profili zarb qilingan. Ordenda kimning profili tasvirlangan?
Stalin emas! Aleksandr Nevskiy ordenida S.Eyzenshteynning shu nomli filmida Aleksandr Nevskiy rolini oʻynagan aktyor Nikolay Cherkasovning profili zarb qilingan.