1940-yilda majburiy sakkiz soatlik ish kuni toʻgʻrisida qaror chiqqanda, bu sanʼat ahli uchun ancha muammolar tugʻdirdi. Moskva konservatoriyasi opera studiyasi artistlarining eslashicha, shu sababli hech kim nufuzli opera partiyalaridan birini ijro etishni xohlamagan. Sababi, uning ijrochisi opera tugashidan bir soatdan koʻproq vaqt oldin boʻshardi va u qarorni buzib uyiga ketib qolmasligi uchun, qattiqqoʻl rahbariyat unga grimini artishni taqiqlab qoʻygan — bechora opera oxirigacha poʻstinda oʻtirgan. Bu koʻngilsizliklar qaysi rol ijrochilarining boshiga tushgan?