Ikkinchi jahon urushidan keyin "Koka-Kola"ning Germaniyadagi filialining obroʻsiga qaqshatqich zarba berildi. 1940-yilda savdo embargosi kuchga kiradi va AQSHdan mashhur ichimlik konsentrati eksporti toʻxtaydi. Ammo nemislar taslim boʻlmay, ishlab chiqarishni oʻz kuchlari bilan davom ettirishga harakat qilishdi. Ustalar qoʻl ostidagi mahsulotlardan — sut zardobi, limon sharbati va shakardan Koka-Kola aralashtirishadi. Afsuski, hosil boʻlgan ichimlikda "Koka-Kola"ni tanib olish juda qiyin edi. Shunda navbatdagi inqilobiy qaror qabul qilindi: ichimlikka yana bir komponent qoʻshildi. Hosil boʻlgan aralashmaga qanday nom berildi?