1939-yil avgust oyida Xalxin-Gol hududidagi sovet qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilayotgan Georgiy Jukovga yuzi tanib boʻlmas darajadagi asir olingan yapon askarini keltirishdi. Jukov yapon askarlarining jangdagi qatʼiyatini bir necha bor taʼkidlagan. Sovet qoʻshinlarining joylashuvini kuzatish uchun yuborilgan ushbu yapon ham faqat qattiq qarshilikdan keyingina asirga tushgan. Qizigʻi shundaki, yapon razvedkachilariga hujum qilganlar Jukov guruhiga kirmaydigan otryadga tegishli edi. Aynan qaysi otryadga?