Nadejda Mandelshtam 1938-yilda qanday qilib suratga tushishga qaror qilganini eslagan edi. Fotosuratchi uni koʻp marta qayta oʻtqazib, pozasini oʻzgartirishga majbur qilganidan soʻng, u gʻazab bilan: "Aqllilik qilmang, boricha oling!" deydi. Bunga javoban fotosuratchi norozi boʻlib: "Demak, siz BUNGA qarshisiz", deydi va tushuntiradi: "BU — aslidan koʻra biroz yaxshiroq degani". BU nima ekanligini ikki soʻz bilan ayting.