1938-yilda bir venger ixtiro uchun patent oldi va Argentinada buning ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻydi. Bir necha yildan soʻng inglizlar patentni sotib olib, uchuvchilar uchun buni chiqara boshladilar. Keyinchalik bir amerikalik tadbirkor oʻzining hozirda butun dunyoga mashhur firmasidabuning ishlab chiqarishini tashkil qildi. SSSR bu tadbirkorga birgalikda ishlab chiqarishni taklif qildi, ammo u tayyorlash sirini ochishdan bosh tortdi. SSSRda buning bir necha tarkibiy qismlaridan ikkitasini ishlab chiqishda qiyinchiliklar tugʻildi. Birinchi qism muammolari oʻlcham va shakl bilan bogʻliq edi, ammo ular Leningrad podshipnik zavodida muvaffaqiyatli hal qilindi. Ikkinchi qism muammosi uning oquvchanligi bilan bogʻliq edi. Bu muammo kanakunjut moyi va kanifol aralashmasi yordamida hal qilindi. Sovet sanoati bilan hamkorlik qilishni xohlamagan amerikalik tadbirkorning familiyasini ayting.