1937-yilda ikki yevropalik yarim yemirilish davri 3,5 soat boʻlgan radioaktiv elementni ajratib olishdi. Avvaliga ular uni aktiniy xossalariga ega deb taxmin qilishdi, keyin esa lantan xossalariga ega deyishdi, oxir-oqibat bu soʻzlaridan ham voz kechishdi. Otto Gan instituti olimlari ularning ustidan kulib, bu elementni Curiosum [kuriozum] deb atashdi. Ushbu elementni ajratib olgan yevropaliklardan birining familiyasini ayting.