1937-yil oxirida koʻplab moskvaliklar bastakor Sergey Prokofyev va skripkachi David Oystraxning mahoratli oʻyinidan bahramand boʻlish uchun Markaziy sanʼat xodimlari uyiga yigʻilishdi. Zal ichida Prokofyev ham, Oystrax ham isteʼdodini qadrlaydigan bir yigit bor edi. U keyinchalik Prokofyev hissiyot bilan, hatto biroz oʻylamasdan oʻynaganini, Oystrax esa oʻzining yuksak texnikasidan foydalanib, sovuqqonroq oʻynashni afzal koʻrganini yozgan. Bu yigitning familiyasi "sabzavot va koʻkatlar sotuvchisi" degan maʼnoni anglatadi. Ushbu familiyani yozing.