"Jaguar" markali avtomobillar 1936-yilda ommaga maʼlum boʻldi. Bu mashinalarning kapotida sakrayotgan yaguar haykalchasi bor. 36-yilgacha bu firma boshqacha atalgan va kapotida uchayotgan qaldirgʻoch haykalchasi boʻlgan standart sport avtomobillarini ishlab chiqargan. Nomni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror ushbu avtomobillarning eski emblemasidagi yozuv oʻsha paytda ortiqcha, gumanizmga zid assotsiatsiyalarni keltirib chiqara boshlagani — va hozirgacha davom etayotgani — sababli qabul qilingan. Emblema deyarli oddiy gerb qalqoni koʻrinishida boʻlib, u uchta teng boʻlmagan qismga boʻlingan, oʻrta qismida avtomobil markasining qisqartirilgan nomi joylashgan edi. Uni qayta tiklang.
Mashina markasi — "Standart Qaldirgʻoch" (Standard Swallow). Qisqartmasi — SS.