1936-yilda AQSH Prezidenti saylovi oldidan bir mustaqil agentlik sotsiologik tadqiqot oʻtkazdi. AQSH poytaxti Vashingtonda 2000 abonent oʻrtasida telefon orqali "Saylovda kimgaga ovoz berasiz?" degan savol bilan soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrov natijasida Nyu-Yorklik bir tadbirkor 80% dan ortiq ovoz bilan yetakchilik qilayotgani maʼlum boʻldi. Amaldagi prezident Ruzveltni esa soʻralganlarning atigi 14% qoʻllab-quvvatlagan. Biroq, saylovda baribir Ruzvelt gʻalaba qozondi — u 71% ovoz toʻpladi. Soʻrovnoma oʻtkazganlar nima uchun adashishgan?
Oʻtgan asrning 30-yillarida telefon hali ham koʻpchilik uchun hashamat edi, shuning uchun u faqat badavlat va boy odamlarda bor edi. Ularga esa, tabiiyki, kambagʻallarga yordam beruvchi "Yangi kurs" siyosatini yuritayotgan Ruzvelt yoqmas edi.