Merian Kuper va Edgar Uollesning mashhur romani syujeti asosidagi birinchi film 1933-yilda suratga olingan. Eng muvaffaqiyatli ekranlashtirish deb Jessika Lanj va Jeff Brijes ishtirokidagi 1977-yilgi film hisoblanadi. "The Hollywood Reporter" sayti xabariga koʻra, yaqin orada mashhur rejissyor Piter Jekson ushbu asarning navbatdagi ekranlashtirishini suratga olishga kirishadi. Ushbu asarning bosh qahramoni ismi nima?