1933-1944-yillarda AQSH Davlat kotibi boʻlgan Kordell Xall oʻta ehtiyotkorligi va amaliyotchiligi bilan ajralib turardi. Bir kuni Xall qoʻylar podasi yonidan oʻtayotgan poyezdda ketayotgan edi. Suhbat boshlash uchun hamrohi: "Bu qoʻylar yaqinda qirqilgan koʻrinadi", deb qoldi. Qoʻylarga diqqat bilan qarab, Xall shunday javob berdi... Xoʻsh, aynan nima dedi?
"Har holda, hozir bizga qarab turgan tomonlaridan shunday koʻrinadi".