Dunyoning eng yirik va mashhur ko‘priklaridan biri bo‘lgan Sidney Harbor-brij ko‘prigi 1932-yilda ochilgan. Uni bo‘yash uchun taxminan 80 ming litr kulrang bo‘yoq sarflanadi. Hozir bu rang an’anaviy bo‘lib qolgan, ammo nima uchun ko‘prik dastlab kulrangga bo‘yalgan edi?
Chunki boshqa rangdagi bo‘yoqni bunchalik ko‘p miqdorda topish imkonsiz edi.