1932-yilgi "Kichik Sovet ensiklopediyasi"da ushbu soʻzning maʼnolaridan biri shunday tushuntirilgan: "Mulohaza yuritish, haqiqatni tajribadan yuqori yoʻl bilan izlash". Boshqa bir bandda aytilishicha, RSFSR Jinoyat kodeksining falonchi moddasiga koʻra, buning uchun mol-mulkni musodara qilish yoki qilmaslik bilan 1 yilgacha, til biriktirilgan taqdirda esa 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Ushbu soʻzni ayting.