Reklamachilar oddiy qogʻoz varaqlaridan mashhur filmlarning bir qator posterlarini yaratishdi, ularda birorta ham soʻz yozilmagan va hatto hech narsa chizilmagan, ammo qaysi film “reklama” qilinayotganini baribir tushunish mumkin. Masalan, 1931-yilgi filmni yuqori burchagida bir-biriga yaqin joylashgan ikkita kichik dumaloq teshigi boʻlgan qizil qogʻoz varagʻi ifodalaydi. Ushbu filmning bosh qahramonini ayting.