Reklama plakatlari bilan tanilgan shved rassomi Xaddon Sundblom bir kuni yirik firmadan reklama plakati yaratish boʻyicha buyurtma oladi. 1931-yil oxirida uning firmaning ranglaridagi kiyimda tasvirlangan avtoportreti butun Amerikada mashhurlikka erishdi. Bu ajablanarli emas. Uzun boʻyli, qizil yuzli, soqolli odam ushbu personajning avvalgi tasvirlaridan — gnomsimon, oʻta ola-bula kiyingan mavjudotlardan ancha yoqimliroq edi. Sundblom plakatda kimni tasvirlagan va uning buyurtmachisi kim edi?