[Boshlovchiga: qoʻshtirnoqlarni ovoz bilan ajratmang!] Savol muallifi tomonidan tuzilgan roʻyxatni tinglang: Aleksandr Sever, Rodrigo Borjia, Nikolay Andreyevich, Grigoriy Danilovich. Ushbu roʻyxatga 1931-yilda paydo boʻlgan, dastlab faqat bosmaxonada qoʻllanilgan, 2004-yilda esa AQSh Davlat departamenti tomonidan qabul qilingan bitta "yangi" elementni ham qoʻshish mumkin. Savol muallifiga bu element 1992-yil aprelidan beri yordam berib kelmoqda. Uni imkon qadar aniq ayting.