Bu inson 1930-yilda Vengriyada, uncha boy boʻlmagan yahudiy oilasida tugʻilgan. Urush tugab, stalincha rejim oʻrnatilgach, ularning oilasi Buyuk Britaniyaga emigratsiya qilgan. U har doim oʻta kamtarona turmush tarzi bilan ajralib turgan. Hayotning tashqi dabdabalari uni mutlaqo qiziqtirmaydi. Kostyumlar, poyabzallar va hatto koʻzoynaklarni ham unga rafiqasi sotib oladi. Uning asosiy ishtiyoqidan tashqari qiziqishlari qatorida faqat muntazam boʻlmagan tennis oʻyini va Sharqiy Yevropa sanʼatining kichik kolleksiyasini tilga olish mumkin. Bu inson kim?