gotquestions.online

Sizning qarshingizda amerikalik rassom Grant Vudning 1930-yilda yaratilgan "Amerika gotikasi" asari. Ushbu rasmning reproduksiyasi rassom yashagan shahar gazetasida chop etilgandan soʻng, mahalliy aholi gʻazabga keldi. Ularga rasm ularning ustidan chizilgan karikaturadek tuyuldi. Bir fermer ayol hatto rassomni qattiq jazolash bilan tahdid qildi. Agar u oʻz tahdidini amalga oshirganida, Grant Vud yevropalik rassom tomonidan 41 yil oldin chizilgan rasm bilan bir xil nomlangan boshqa bir asarni chizishi mumkin edi. Ushbu rassomni ayting.

Manba