Urugvay. 1930-yil. Futbol boʻyicha birinchi jahon chempionati endigina yakunlangan, jamoalar uyushgan holda portga borishmoqda, roʻyxatdan oʻtishmoqda, turli hujjatlarni toʻldirib, paroxodlarga oʻtirib, oʻz mamlakatlariga joʻnab ketishmoqda. Lotin Amerikasining bir necha jamoasi ketayotgan paroxodning joʻnashi portda deyarli toʻrt soatga kechiktirildi. Bu kechikishning "aybdori" Meksika jamoasi, aniqrogʻi uning darvozaboni Oskar Bonfilyo boʻldi. Qaysi ijobiy xislat darvozabonni oʻz jamoasining barcha aʼzolaridan ajratib turardi?