Ehtimol, siz A punktdan B punktga sayohat haqidagi masalalarni yechgan boʻlsangiz kerak. 1929-yilda esa ikki kishi, A va B, taxminan ikki oy davomida Visbadendan Berlinga, Berlindan Gaagaga, u yerdan Amsterdamga, soʻng Rotterdamga va yana Visbadenga koʻchib yurishgan. Natijada bizning masalamizda A deb belgilangan shaxs katta miqdordagi pul mukofotini olgan. Aytgancha, bu odam bir safar oʻzi ham tarkibida A va B qatnashgan masala tuzgan. Ushbu insonning familiyasini ayting.