1927-yilda, Davlat naslchilik kitobiga ot zavodining yosh otlarini kiritayotgan komissiya ish paytida, zootexniklar Kalinin va Kovalevskiy mahalliy mutaxassislarni nasldor otlarga muvaffaqiyatsiz laqab qoʻyishgani uchun tanqid qilishdi. Bahsda zavod xodimlaridan biri: "Tanqidingiz toʻgʻri, unda bugun 'Eski qoʻshiq' (Staraya Pesnya) tuqqan qulunga laqab qoʻyishga yordam bering", dedi. Kalinin oʻylanib Kovalevskiydan soʻradi: "Sizningcha, 'Aslzoda' (Velmoja) va 'Eski qoʻshiq'dan tugʻilgan qulun uchqur boʻladimi?". Suhbatdosh: "Gʻalati savol (Stranniy vopros), albatta uchqur boʻladi", deb javob berdi. Bu javob Kalininni xursand qildi va u qulunni ... deb nomlashni taklif qildi. Qanday?