1927-yilda uchuvchi Gromov samolyotni shtoporga sinash paytida parashyut bilan sakrashga majbur boʻladi. Uning oʻzi shunday eslaydi: "Oʻrnimdan turmoqchiman. Iloji yoʻq. Ustimda kamida ikki yarim kishi bor. Oyoq va qoʻllarim bilan tirishaman... Mashq koʻrgan oyoqlar bu yerda ham pand bermadi — nihoyat, bortga oʻtirdim...". Uchuvchi baribir mashinani tark etishga muvaffaq boʻladi. Gromov toʻrt yil avval qaysi sport turi boʻyicha Ittifoq chempioni boʻlgan edi? Aytgancha, futbol termini bilan ham javob berishingiz mumkin...