1925-yilda Amerika kitob doʻkonlarida "Hech kim tanimaydigan odam" nomli kitob paydo boʻldi va u bir zumda bestsellerga aylandi. Bu kitobda oʻsha davrning mashhur reklama mutaxassisi Barton "biznesning quyi darajasida" ixcham, ammo juda samarali jamoa qanday maʼmuriy usullar bilan tuzilganini tadqiq qilgan. Bu jamoaning faoliyati biznesning shunchalik gullab-yashnashi va tez tarqalishiga olib keldiki, bugungi kunda uning dunyoning deyarli barcha burchaklarida filiallari bor. Bir daqiqa ichida hech kim tanimaydigan odamning ismini ayting.