1925-yilda telegraf agentliklari Ispaniyaning Saragosa shahridan xabar tarqatishdi: unda mahalliy shaxmatchi Yunkosa 33 ta taxtada koʻzni bogʻlagan holda bir vaqtning oʻzida oʻyin seansini oʻtkazgani va +32-1 hisobida gʻalaba qozongani aytilgandi. Yunkosa turnirdan biroz oldin gazetada eʼlon bergan edi, ammo atigi uch kishi kelgan. U qolgan raqiblarni qayerdan topgan?