Ushbu xalqaro tashkilot 1924-yilda Parijda Sakkizinchi yozgi Olimpiada oʻyinlari paytida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari: birlashtirish, tashkil etish, ommalashtirish. Uning oʻz bayrogʻi, madhiyasi, shiori va nizomi bor. Emblemasida toq tuyoqli hayvon boshining tasvirini koʻrish mumkin. Turli yillarda unga golland, shved, filippinlik va islandiyalik kishilar rahbarlik qilgan. Hozirda unga kim rahbarlik qilmoqda (ismi va familiyasini ayting)?