Dunyoga mashhur bir kompaniya taniqli shaxslarga bagʻishlangan ruchkalar seriyasini ishlab chiqaradi. Har bir ruchkaning sovgʻa qutisida firma nomi, shuningdek, mahsulot bagʻishlangan shaxsning ismi va familiyasi yozilgan. Nemis Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan yozuvchiga bagʻishlangan ruchka qutisi kitob shaklida ishlangan boʻlib, muqovadagi yozuv 1924-yilda yozilgan real kitob nomidan faqat bitta aniqlovchi soʻz bilan farq qiladi. Oʻzbekcha tarjimada ikkala aniqlovchi soʻzni koʻrsating.