Arabiston yarim oroli aholisi 1923-yilda yarim orol uzra ULAR kesishganini bilishmagan bo‘lsa kerak. Birinchisi Gvineya qo‘ltig‘i ustida boshlanib, Afrikani kesib o‘tgan, Liviya ustida keskin janubi-sharqqa burilgan; asta-sekin torayib, Arabiston, Eron, Markaziy Osiyo, G‘arbiy Sibir, Shimoliy Muz okeanini kesib o‘tib, Kanada Arktika arxipelagi hududida tugagan. Ikkinchisi Hind okeanidan Atlantika okeanigacha — Yaqin Sharq va G‘arbiy Yevropa orqali cho‘zilib, Buyuk Britaniyani butunlay, Shimoliy Atlantikani esa qisman qoplagan. ULARNI ayting.