1922-yil avgust oyida Britaniya havo flotiga Ross familiyasi bilan bir oddiy askar keldi. Biroq tez orada uni Misrda birga xizmat qilgan ofitserlardan biri tanib qoldi va matbuotga xabar berdi. Natijada 1923-yil fevralda u aviatsiyadan boʻshatildi. Keyin u Shou familiyasi bilan tank korpusiga kirdi, ammo tezlikka boʻlgan ishqi tufayli u yerda ham qola olmadi. Nihoyat, 1929-yilda oʻzining haqiqiy familiyasi bilan flotga tayinlandi, lekin bu yerda ham uzoq qolmadi — garchi uning zafarli yurishlaridan 10 yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa-da, matbuot uni ta’qib qilar edi. Biz uning familiyasini soʻramaymiz, u koʻpchilikka tanish, uning laqabini ayting.