Ushbu tennischi ilk bor 1922-yilda Uimbldon kortiga chiqqan. Bir safar Devis Kubogi oʻyinida u jamoa sardori bilan garov boylashadi: agar u gʻalaba qozonsa, sardor unga timsoh terisidan ishlangan portfel sovgʻa qilishi kerak edi. Garovda u gʻolib chiqadi. Keyinchalik uning doʻsti Jak Rober timsohcha rasmini chizadi va bu rasm tennischining matonati ramzi sifatida uning bleyzeriga tikib qoʻyiladi. Ushbu tennischining familiyasini ayting.