Diqqat, savolda almashtirish bor. 1920-yil qishida u qorli Peterburg boʻylab uyiga qaytayotgan edi. Koʻprikdan oʻtayotib, u toʻsatdan toʻxtadi va hamrohiga yuzlandi: "Men (nomi tushirib qoldirilgan) asarini yozayotganimda ham shunday edi. Qarasam, Lenin! Ishonmadim — boʻlishi mumkin emas, Lenin! Xuddi hozirgidek qiya yogʻayotgan qor. U kelyapti. Men sinchiklab qarayman — yoʻq, Lenin! Afsuski, bu Lenin edi — va men yozishga majbur boʻldim". Qaysi soʻz almashtirilganini topib, tushirib qoldirilgan nomni ayting.