gotquestions.online

BIRINCHI ashaddiy spiritist edi va baxtli oxirat dunyosini Sasseks bilan solishtirardi. IKKINCHI esa spiritizmni shunchaki fokuslar namoyishi deb hisoblardi. 1920-yilda Angliyada spiritizmga qiziqish tufayli tanishgan bu insonlar, keyinchalik spiritik seans paytida urishib qolishadi. O'shanda BIRINCHIning rafiqasi IKKINCHIning onasining ruhini chaqiradi, IKKINCHI esa onasi xabarni xoch tasviri bilan boshlamasligini va inglizcha yozishni bilmasligini aytadi. Har biri o'z janrining tan olingan klassigi bo'lgan bu ikki insonni ayting.

Manba