Butun Germaniyadan minglab bolalar har yili oktyabr oyi boshida kashtan va eman yong‘oqlarini yig‘ib, keyinchalik ularni Bonnda 1920-yilda Gans Rigel tomonidan asos solingan firmaning mahsulotlariga almashtiradilar. Mevalar yovvoyi hayvonlarning qishki ozuqasiga sarflanadi, bolalar ham xursand. Xo‘sh, ular evaziga nima olishadi?
Gummibärchen (ayiqcha shaklidagi saqichli konfetlar).