1920-yillarda Sovet Rossiyasida turli mavzularda bahslar uyushtirilardi; ayniqsa maorif xalq komissari A.V. Lunacharskiy ularda qatnashishni yaxshi koʻrardi. Hikoya qilishlaricha, bir safar bahs davomida u Leninning qandaydir soʻzlariga tayanadi. Shu payt joyidan bir marksist ayol sakrab turib, asabiy baqiradi: "Lenin buni aytmagan!". Komissar xotirjamlik bilan javob qaytaradi... Lunacharskiyning javobini maʼno jihatidan imkon qadar yaqin qilib keltiring.