Diqqat, 1919-yilgi afisha! Qarshingizda Narkompros qoshidagi Sanʼat uyida oʻtkazilgan «Petrograd shoirlari kechasi» afishasi. Ommaning adabiy kechaga qiziqishini oshirish uchun unga Aleksandr Blok va Nikolay Gumilyov taklif qilingan edi. Chipta narxlari hamyonbop etib belgilangan, eng qimmati – 80 rubl. Shuningdek, tomoshabinlarni Sanʼat uyiga siz hozir koʻrmayotgan narsa bilan jalb qilishgan, biz u ikki soʻzni yashirib qoʻydik. U yerda nima deb yozilgan?