1918-yil may oyida nemislar hujum davomida Shato-Tyeri shahri yaqinidagi Marna daryosiga chiqishdi. Parijgacha bor-yoʻgʻi 50 kilometr qolgandi. Ammo fransuzlarni qadimdan har bir xonadonda saqlanadigan va ehtiyot qilinadigan maxfiy qurol qutqarib qoldi. Natijada Germaniya hujumi toʻxtab qoldi, amerikaliklar yetib kelishdi va Parij qutqarildi. Nemislarni nima toʻxtatib qolgan edi?
Vino zaxiralari. Shampan provinsiyalariga kirgan, urush yillarida och qolgan nemislar shunchalik koʻp ichib yuborishganki, jang qilishga qodir boʻlmay qolishgan.