Kompozitor Erix Volfgang Korngold 1917-yilda Avstriya armiyasida xizmat qilayotganida marsh yozgan. Aytishlaricha, uni tinglagan polkovnik: "Umuman olganda yomon emas, lekin juda tez", degan. Korngold javob bergan: "Gap shundaki, marsh BU narsa uchun yozilgan". Korngoldning javobini bir soʻz bilan toʻldiring.