Ulardan biri 1916-yilda Amerikada tugʻilgan. Ikkinchisi esa 1942-yilda okeanning narigi tomonida. Garchi bu insonlar mutlaqo boshqacha qarashlarga ega boʻlishsa-da, ularning tarjimai hollarida oʻxshashlik bor. Ulardan biri yozgan kitobning nomi muallif va uning maslakdoshlarining bukilmas optimizmidan dalolat beradi. Ikkinchisining qalamiga mansub kitob nomidan esa muallif koʻp sayohat qilganligi anglashiladi. Har ikki shaxsni ayting va 1976-yil dekabr oyida ularning hayotida qanday muhim voqea yuz berganiga javob bering?
Vladimir Bukovskiy va Luis Korvalan. Ular bir-biriga almashtirilgan.