1914-yilda, Meksika inqilobi paytida, inqiloblar paytida tez-tez sodir boʻladiganidek, bir inqilobchi, David Berlanya, oʻzining inqilobchi safdoshlari tomonidan otuvga hukm qilindi. Mahkum qatl oldidan oʻzini xotirjam tutdi va uning soʻnggi iltimosi sigara chekish boʻldi. Qatlga qoʻmondonlik qilayotgan polkovnik Fyerro Berlanyaning sigara kulini tushirmayotganini, aksincha, sigara oxirigacha yonishi va kuli biror marta ham tushmasligi uchun harakat qilib chekayotganini payqadi. Berlanya, albatta, otib tashlandi, lekin Fyerro bunday chekish usulining sababi haqida uzoq oʻyladi va nihoyat tushunib yetdi. Ertasi kuni doʻstiga mahkumning jasorati haqida hayajon bilan gapirib berar ekan, u ham kuli biror marta tushmasligi uchun shunday chekishga harakat qildi. Siz ham toping — u nima uchun bunday gʻalati chekkan?
qoʻllari qaltiramayotganini koʻrsatish uchun. ("Daraxt orqasida" degan javob qabul qilinmaydi).